Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada koronavirus epidemiyasining uchinchi to‘lqini boshlangani e'lon qilindi
Fransiyada koronavirus epidemiyasining uchinchi to‘lqini boshlandi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jan Kasteks parlament quyi palatasida e'lon qildi.
“Biz epidemiyaning uchinchi to‘lqinidamiz”, deb aytgan Kasteks.
Fransiya bosh vaziri epidemiyaning yangi to‘lqini koronavirusning ko‘plab variantlari tarqalishi bilan kechayotganini qo‘shimcha qilgan.
16 mart kuni Fransiyaning Bretan regionida koronavirusning mavjud testlar yordamida aniqlash qiyin bo‘lgan yangi shtammi bilan kasallanish holatlari aniqlangani ma'lum qilingandi.
10 mart kuni Robert Kox instituti prezidenti Lotar Viler yaqin kunlarda Yevropaga epidemiyaning uchinchi to‘lqini zarba berishi mumkinligidan ogohlantirgan. Mutaxassis Yevropa davlatlarini xavfsizlik choralariga maksimal amal qilishga chorlagan, chunki ular “minglab hayotlarni saqlab qolishda yordam bergan”. U, shuningdek, emlashning muhimligini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025