Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Qandahorda toliblarga qarshi zarbalar berilganini tasdiqladi
AQSh piyoda qo‘shinlari polkovnigi Sonni Leggettning so‘zlariga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari Afg‘oniston milliy xavfsizlik kuchlarini "AQSh va "Tolibon" o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq" himoya qilishda davom etadi.
Oxirgi ikki sutka davomida AQSh qurolli kuchlari Qandahor viloyatida "Tolibon" jangarilariga qarshi zarbalar berdi. Bu haqda Amerikaning Afg‘onistondagi kuchlari vakili AQSh piyoda qo‘shinlari polkovnigi Sonni Leggett ma'lum qildi.
"AQShning Afg‘onistondagi qo‘shinlari oxirgi 48 soat davomida Afg‘oniston milliy xavfsizlik kuchlariga hujum qilgan "Tolibon" jangarilariga havodan zarbalar berdi", - deb yozdi Leggett Twitter sahifasida.
Leggettning so‘zlariga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari Afg‘oniston milliy xavfsizlik kuchlarini "AQSh va "Tolibon" o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq" himoya qilishda davom etadi.
Toliblar Afg‘oniston hududidagi xorijiy harbiy kontingentga qarshi operatsiyalar o‘tkazilishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi. Ular Amerika tomonini ilgari erishilgan kelishuvlarni buzgan holda jangarilar pozitsiyalariga zarba berishda ayblagan.
2020 yil 29 fevralda prezident Donald Tramp boshchiligidagi avvalgi AQSh hukumati va "Tolibon" harakati Dohada tinchlik kelishuvi imzolagandi. Kelishuvga ko‘ra, AQSh, uning ittifoqchilari va koalitsiya 14 oy ichida Afg‘onistondan barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketish majburiyatini olgandi. Toliblar esa o‘z navbatida Afg‘oniston hududidan AQSh va uning ittifoqchilari xavfsizligiga tahdid soladigan harakatlar uchun foydalanmaslikka kafolat bergandi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025