O‘zbekiston | 09:36 / 17.03.2021
5936
1 daqiqa o‘qiladi

Yashnobod va Sergeli tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Joriy yilning 17 mart kuni Yashnobod va Sergeli tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Yashnobod va Sergeli tumanlaridagi ayrim hududlarda gaz quvurlarini ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli bir necha manzilgohlarda gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yashnobod tumanida soat 10:00dan 18:00gacha:

  • Tabibiy 3- va 4-tor ko‘chalarida;

Sergeli tumanida soat 10:00dan 16:00gacha:

  • "Daryo bo‘yi" MFYda;

Ta'mirlash ishlari tugatilganidan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi. “Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali ta'mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid