Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boulevard biznes markazidan Tashkent City'ning betakror manzarasi ko‘rinib turadi
Yangi Boulevard biznes markaziga tashrif buyuruvchilar maskanning panorama oynalari orqali atrofdagi me'morchilik va betakror manzaralarni kuzatishlari mumkin.
Dream City Development kompaniyasi sizni tijorat ko‘chmas mulki sohasida xalqaro standartlarga javob beradigan joy egasiga aylanib, muvaffaqiyatli biznes boshlashga taklif qiladi. Boulevard biznes markazi – bu tadbirkorlikning turli shakllari va sohalari uchun zamonaviy va qulay yechim. Biznes markazini loyihalashda kompaniya har bir kvadrat metrda qulaylikka e'tibor qaratib, joy egasiga daromad keltiradigan zamonaviy, estetik biznes makonini yaratishni asosiy maqsad qilgan.

Bino zamonaviy me'moriy uslubda, uchburchak prizma ko‘rinishida loyihalangan. Uning tashqi bezaklarida geometrik shaklga ega metall konstruksiyalar, keng oynalar ishlatilgan bo‘lib, bino ichkarisiga quyoshning nurlari tushib turadi. Biznes markazining panorama oynalari orqali bino ichkarisidan Tashkent City'ning manzaralari – Tashkent City parki, Boulevard turar joy majmuasi va shoping-avenyusi ko‘rinib turadi. Boulevard biznes markazi binosi dizayni va ko‘rinishi bilan mohiyatan Yevropaning eng yirik moda va savdo markazlari – Milan, Parij va Rimning mashhur savdo ko‘chalari loyihasining mantiqiy davomi va yakunidir.
Ikkinchi qavatda ofis egalari va kompaniya xodimlariga yoqimli bonus sifatida ochiq terrasa loyihalangan. Ochiq terrasada norasmiy uchrashuv yoki muzokaralar o‘tkazish, atrofning hayratlanarli manzaralaridan zavq olish yoki shunchaki ishdan tashqari tanaffus vaqtlarida dam olish mumkin.

Boulevard Business Center – bu funksionallik, qulaylik, va obro‘-e'tibor, nufuzni qadrlaydigan ishbilarmon odamlar uchun ajoyib tanlovdir. Siz biznes egasi bo‘lishingiz yoki faqat daromad olish maqsadida tijorat ko‘chmas mulkiga sarmoya kiritishingizdan qat'iy nazar, Boulevard biznes markazi sizga sarmoyalaringizdan yuqori daromad olishingizni kafolatlaydi.
Yagona ma'lumot markazi: +99871-202-22-22
Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.
Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.
Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.
Sayt: dreamcity.uz
Telegram: t.me/dreamcityuz
Facebook: fb.com/dreamcity.uz
Instagram: @dreamcity.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:00 / 04.05.2021
Boulevard Business Center: Tashkent City'dagi ofis va do‘konlarga 25% gacha eksklyuziv chegirmalar
09:00 / 24.04.2021
Boulevard Business Center – Tashkent City'dagi yuqori darajali savdo-ofis ko‘chmas mulki
09:00 / 05.04.2021
Boulevard biznes markazida fasad ishlari boshlandi
09:00 / 30.03.2021