Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzorda aholi noroziligini uyg‘otgan bog‘cha qurilishi sud qarori chiqqunga qadar to‘xtatildi
Toshkent shahri Chilonzor tumani 9-mavzesida xususiy bolalar bog‘chasi qurilishi sud qarori chiqqunga qadar to‘xtatildi. Aholi shikoyat bilan sudga murojaat qilgan.
Kun.uz 2 mart kuni «Toshkentda yana bir tadbirkor «dom»lar orasiga xususiy bog‘cha qurmoqchi. Mahalladagilar bunga qarshi» sarlavhali maqola e'lon qilgan edi.
Unda tadbirkor Chilonzor tumanining 9-mavzesida joylashgan 17-, 19-20-uylar oralig‘ida xususiy bog‘cha qurishni rejalayotgani, ammo mahalla ahli bu qurilishdan norozi bo‘layotgani haqida so‘z boradi.
Ko‘p o‘tmay, Chilonzor tumani «Karera Obrazovaniya» MChJ bu yerda xususiy bog‘cha qurishni boshladi.
16 mart kuni Chilonzor tuman hokimligi bu xususiy bog‘chaning qurilish ishlari sud qarori chiqqunga qadar to‘xtatilganini ma'lum qildi.
«Hujjatlar bazasiga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, Chilonzor tumani hokimligining tegishli mutasaddilari bergan ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi PQ-3305-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent shahar hokimining 2018 yil 22 yanvardagi 110-sonli hamda mutanosib ravishda Chilonzor tuman hokimining 2018 yil 23 yanvardagi 85-sonli qarori qabul qilingan.
Bu qarorga aholining e'tirozlari hisobga olinib, ajratilgan yer maydoni biroz o‘zgartirilib, Chilonzor tumani hokimining 2018 yil 10 apreldagi 440-sonli qarori qabul qilingan.
Qarorga ko‘ra, Chilonzor tumani, 9-mavze, 17-, 19- va 20-uylar oralig‘ida umumiy maydoni 0,15 gektar yer maydoni «Karera Obrazovaniya» ma'suliyati cheklangan jamiyatiga xususiy maktabgacha ta'lim muassasasini yangidan tashkil etish uchun ajratib berilgan. Bundan tashqari, ushbu qarorga ko‘ra Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining 2020 yil 15 sentyabrdagi 21922801/72-sonli arxitektura va rejalashtirish topshirig‘i hamda loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2020 yil 24 dekabrdagi 4684-sonli xulosalari ham berilgan.
Lekin shuncha asoslantiruvchi hujjatlar bo‘la turib, nega tadbirkor o‘z ishini boshlay olmadi?
Buning asosiy sabablaridan biri ushbu hujjatlar to‘plangan paytda faoliyat olib borgan mahalla raisi va shirkat rahbarlari aholi bilan kengashmagan. MFY tomonidan shunchaki, bayonnoma tuzilgan.
Hozirda ushbu mahallada MFY raisi bo‘lib ishlayotgan Parda Ergashevning ma'lumotlariga ko‘ra, aholi mahalla hududidagi yashil maydonni saqlab qolish niyatida.
Shu bois, «Qatortol» mahallasidagi 17-, 19-, va 20-uylar aholisi o‘z noroziligini bildirib, ushbu nizoli vaziyatni sud orqali hal qilishga qaror qilgan. Bugungi kunda aholi tomonidan sudga ariza topshirilgan va ikkala tomon sud qarorini kutishga kelishishgan.
Shu bois, hozirda «Qatortol» mahallasidagi xususiy MTTning qurilish jarayonlari sud qaror chiqarguncha muddatga to‘xtatilgan», deyiladi Chilonzor tumani hokimligi axborotida.
Mavzuga oid
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi
12:30 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
10:48 / 26.02.2025