O‘zbekiston | 08:35 / 18.03.2021
1295
2 daqiqa o‘qiladi

Chimboyda kadastr hujjatlarini tayyorlab beraman deb, fuqarodan pul olgan mutaxassisga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Chimboy tumani bo‘limiga fuqaro M.Aliyeva ariza bilan murojaat qilgan. 

Unda «Yermulkkadastr» DK Chimboy tuman filiali mutaxassisi bo‘lib ishlaydigan A. 2020 yil fevral oyining oxirida uning tuman hududida joylashgan yangidan qurilgan uyining kadastr hujjatlarini tayyorlab beraman deb 3 million so‘m pulini olganligi va hozirgi kungacha uyining kadastr hujjatlarini tayyorlab yoki pulini qaytarib bermayotganligini ko‘rsatgan.

Mazkur ariza yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish ishlari natijasida, fuqaro A. 2016 yil iyul oyidan 2020 yil dekabr oyi oralig‘ida «Yermulkkadastr» DK Chimboy tuman filiali mutaxassisi lavozimida ishlab kelib, 2020 yil fevral oyining oxirlarida fuqaro M.Aliyevaning Chimboy tumanida yangidan qurilgan uyining kadastr hujjatlarni tayyorlab beraman deb ishonchiga kirib, uni aldab, 100 AQSh dollarini va 2 million so‘m pulini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlandi.

Tergovga qadar tekshirish ishlari davomida, 2021 yil 6 mart kuni A. fuqaro M.Aliyevadan firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan 100 AQSh dollari va 2 million so‘m pulining 1 million so‘mini o‘z ixtiyori bilan qaytarib berdi. Fuqaro A.dan 1 million so‘m pul ashyoviy dalil tariqasida bayonnoma tuzilib olindi.  

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Chimboy tuman bo‘limi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Yermulkkadastr» DK Chimboy tuman filiali sobiq mutaxassisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Chimboy tumani prokuraturasiga yuborildi.  

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ellikqal'adagi maktab mas'ullari qariyb 0,5 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani fosh qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid