Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada uch kunda 34 ta ochilmagan jinoyatlar fosh etilib, 14 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi
Ayni kunlarda Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdi. U viloyatning shahar va tumanlarida bo‘lib, kriminogen vaziyatni bevosita o‘rganmoqda. Mas'ul tuzilmalar mutasaddilari jalb etilgan holda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni keltirib chiqarayotgan omillar, sabab va sharoitlar tahlil qilinmoqda.
Farg‘ona viloyatida uch kunda 34 ta ilgari ochilmagan jinoyatlar fosh etilib, qidiruvdagi 14 nafar shaxs ushlangan. Bedarak yo‘qolganlar oilasi bag‘riga qaytarildi.
Shuningdek, viloyatdagi huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida fuqarolardan 800 dan ortiq o‘tkir kesuvchi jismlar olib qo‘yilgan, aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilganligi bildirildi. Ilgari sudlangan va huquqbuzarlik sodir etishga moyil 20 nafar shaxs ma'muriy nazoratga olinganligi, tuzalish yo‘liga kirmagan 2 nafar nazoratdagi shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura axborot xizmati.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025