Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada 6 mln dozaga yaqin qalbaki “Sputnik V” vaksinasi musodara qilindi
Meksikada qalbaki “Sputnik V” vaksinasining yirik partiyasi aniqlandi. Noqonuniy partiyaning umumiy hajmi 5 mln 775 dozani tashkil qilgan.
Shu munosabat bilan vaksinani ishlab chiqishda ishtirok etgan Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari jamg‘armasi (RTIJ) Meksika hukumati, bojxona idoralari va qurolli kuchlariga minnatdorlik bildirgan.
Meksika bergan ma'lumotlarga ko‘ra, qalbaki partiya Gondurasning San-Pedro-Sula aeroportiga olib ketilayotgan bo‘lgan, biroq Meksikaning Kompeche aeroportida ushlangan. U xususiy samolyotda Gondurasga yetkazilmoqchi bo‘lgan.
Musodara qilingan qalbaki vaksinaning umumiy hajmi 5 mln 775 dozani tashkil qilgan. Qalbaki vaksinalar ikkita katta muzlatkichda 1155ta idishda tashilgan hamda gazli ichimliklar va qandolat mahsulotlari orasiga yashirilgan bo‘lgan.
Meksika mutasaddi idoralari samolyotni tergov manfaati yo‘lida xatlagan, uning ekipaji va yo‘lovchilarini Meksika prokuraturasiga topshirgan.
RTIJda ta'kidlanishicha, musodara qilingan partiyaning suratlari uning original vaksina bilan hech bir umumiylikka ega emasligini ko‘rsatgan. Jamg‘armada aytilishicha, qalbaki vaksinani yetkazishga urinishlar Rossiya vositasiga qarshi ig‘volarga misol bo‘lishi mumkin. Shuningdek, vaksina haqiqiyligi va yetkazilishidagi xavfsizlik uni ishlab chiqargan Gamaleya markazi va RTIJ uchun ustuvor ahamiyatga ega. Ta'kidlanishicha, “Sputnik V” faqat rasmiy kanallar orqali yetkaziladi, u bilan emlash esa rasmiy davlat dasturlari doirasidagina amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025