O‘zbekiston | 11:05 / 19.03.2021
767
1 daqiqa o‘qiladi

Bog‘dod tumanida 20ta ta'lim muassasasini ta'mirlash uchun mahalliy budjetdan 5 mlrd.dan ortiq mablag‘ ajratiladi

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida 13ta umumta'lim maktabi va 7ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti binolari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan ta'mirlanadi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi. 

Qayd etilishicha, buning uchun mahalliy budjetdan 5 mlrd 340 mln so‘m mablag‘ sarflanadi. Bog‘dod tuman hokimligi axborot xizmati rahbarining aytishicha, tuman hokimi Vosiljon Nazarov ta'mirlanadigan ta'lim muassasalarining ro‘yxatini tasdiqladi. Unga ko‘ra, tumandagi 15-, 22-, 24-, 25-, 26-, 35-, 43-, 45-, 48-, 52-, 53-, 54- hamda 30-umumta'lim maktabi filiali, shuningdek, 9-, 16-, 22-, 33-, 38-, 49- va 56-sonli DMTT binolari zamonaviy qiyofaga keltiriladi.

Shu bilan birga, hozirda 917 nafar bola tarbiyalanayotgan 7ta maktabgacha ta'lim tashkilotida 42ta eshik va 79ta rom yangisiga almashtiriladi, 1058 m² bo‘yoq ishlari olib boriladi, 1034 m² pol hamda 450 m² tom qismlari yangilanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid