O‘zbekistonda tarix fanini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi e'lon qilindi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda 2021-2030 yillarda tarix fanini rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, konsepsiya prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 19 yanvar kuni respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining videoselektor tarzida o‘tkazilgan majlisi 3-bayoni 27-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqildi.
Konsepsiya yaratish zaruriyati jahonda tarix fanining rivojlanishi, yangi tarixiy bilimlarning ortishi, o‘tmishdagi voqealarga jamoatchilik qiziqishi kuchaygani hamda chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega, ijodiy va tizimli fikrlaydigan tarixchi mutaxassislar, o‘qituvchi va ilmiy xodimlar yangi avlodini chiqarish, olingan ilmiy natijalarni ta'lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqot ishlarida ta'sirchan qo‘llash, jamiyatda milliy o‘zlikni anglash hissini mustahkamlashda xizmat qiladigan tarixiy tafakkurni tarbiyalash bilan bog‘liq ekani aytiladi.
Konsepsiya mazmuni O‘zbekistonda tarix fani sohasi joriy holatining tanqidiy tahlili va mavjud muammolar, ilm-fanni rivojlantirish, ta'lim-tarbiya tizimi, axborot makoni bilan uzviy bog‘liqligini samarali yo‘lga qo‘yish talablaridan kelib chiqib, ilg‘or milliy va jahon tajribasini inobatga olgan holda, bosh maqsadi, vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishdan iboratdir.
Konsepsiya qabul qilinishi natijasida tarix fani sohasini rivojlantirish butunlay yangicha asosda va tizimli ravishda amalga oshiriladi, jarayonni samarali boshqarish imkoni tug‘iladi. Ilmiy faoliyatni maqsadga muvofiq yo‘lga qo‘yish, katta moliyaviy xarajatlardan muayyan samara olish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi bo‘yicha butunlay yangicha, milliy manfaatlarga mos ilmiy yondashuvlar asosidagi turkum asarlar tayyorlanadi. Chuqur bilimga ega, ijodiy va tizimli fikrlaydigan ilmiy xodimlar avlodi shakllanadi. Oliy ta'limda tarixchi mutaxassislar tayyorlashning butunlay yangicha, ilmiy muassasalar bilan uzviy bog‘langan tizimi yaratiladi. Tarix yo‘nalishidagi ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilarni moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish darajasi yuksaladi. Qadim, boy va noyob tarixiy merosni milliy va xorijiy darajada targ‘ib etishning yangicha va samarali tizimi yaratiladi.
Ta'kidlanishicha, konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha sarf-xarajatlar davlat budjeti hisobidan qoplanishi nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
10:39 / 16.06.2024
100 yil oldin O‘zbekistonda Qurbon hayiti qanday nishonlangan? Arxiv suratlar
09:00 / 24.05.2024
6 yilda 54 ta tarixiy film - o‘zbek kinoijodkorlari bunga tayyormi?
15:44 / 05.04.2024
Toshkent shahar hokimligi bir qancha loyihalar konsepsiyasiga 825 mln so‘m ajratdi
15:46 / 17.02.2024