Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi
2021 yil 19 mart kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumani ayrim hududlarida ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati xabariga ko‘ra, soat 11:00dan 17:00gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida "Sputnik" 5-, 7-, 15-mavzelaridagi ko‘p qavatli 30ta uyning 976ta aholi va 11-, 12-, 13-, 14-mavzelaridagi Chortoq, Rayhon, Daryo bo‘yi ko‘chalaridagi 1 377ta yerli xonadon hamda manzildagi 69ta ulgurji iste'molchi tabiiy gaz ta'minotidan vaqtincha uziladi.
Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi. “Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali ta'mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi
15:20 / 01.05.2025