Gana terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi Namanganda o‘tkaziladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida Gana va Iroq vakillariga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Gana terma jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini Namangan shahrida tashkil etishni reja qilgan.
Namangan viloyati futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkatjon Abdurazzoqov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Terma jamoalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Aziz Haydarov va O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan uchrashib, milliy terma jamoamizning 26 mart kuni Gana termasiga qarshi kechadigan o‘yini bo‘yicha maslahatlashib, mazkur uchrashuv bo‘yicha masalalarni muhokama qildi.
Ushbu o‘yin «Navbahor»ning «Markaziy» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs 26 mart kuni soat 18:00 da start oladi.
Namangan tarixda ilk marta milliy terma jamoaning o‘yiniga mezbonlik qiladi.
Mavzuga oid

11:12 / 29.03.2024
Milliy jamoaning Hong kongga qarshi o‘yinidan so‘ng tartibsizlik qilgan shaxslar javobgarlikka tortildi

22:27 / 02.12.2022
JCh-2022. Janubiy Koreya 90+1-daqiqadagi gol evaziga Portugaliyani mag‘lub etib 1/8 finalga chiqdi, Urugvay turnir bilan xayrlashdi

20:16 / 28.11.2022
JCh-2022. Gana Quddusning dubli evaziga Janubiy Koreyani mag‘lub etdi

23:06 / 24.11.2022