Sport | 03:08 / 22.03.2021
8770
1 daqiqa o‘qiladi

La Liga. «Barselona» mehmonda «Real Sosedad»ga 6ta gol urdi, Messi va Destdan dubl

Foto: Twitter/LaLiga

Ispaniya chempionatining 28-turida  «Barselona» safarda «Real Sosedad» darvozasiga 6ta to‘p kiritdi. Dest va Messi dublga erishgan bo‘lsa, Grizmann va Dembele ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi. Yagona javob to‘pini Barrenechea kiritdi.

«Barselona» ochkolarini 62taga yetkazib, 2-o‘ringa qaytdi. «Real Sosedad» 45 ochko bilan 5-pog‘onada qoldi. 

La Liga, 28-tur

Real Sosedad — Barselona 1:6
21 mart, «Reale Arena»
Gollar: Barrenechea (77) — Grizmann (37), Dest (43, 53),  Messi (56, 89), Dembele (71).
Real Sosedad – Remiro, Subeldiya (Sanyan, 83), Le Norman, Gorosabel (Barrenechea, 61), Merkelans, Gevara, Portu (Yanuzay, 61), Subimendi (Fernandes, 72), Oyarsabal, Merino, Isak (Bautista, 83). 
Barselona – ter Stegen, Langle, Dest (Trinkau, 84), Mingesa, Alba, Buskets (Arauxo, 67), de Yong, Pedri (Moriba, 68), Dembele (Breytueyt, 79), Grizmann (Puch, 85), Messi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid