Jamiyat | 16:59 / 22.03.2021
3562
1 daqiqa o‘qiladi

Oltinko‘ldagi klasterda bayram dasturxoni yozildi

Oltinko‘l tumanidagi «Sayyora favvorasi plyus» MChJ ishchilari Navro‘z ayyomini ko‘tarinki kayfiyatda nishonladilar. Bu yerda mehnat qilayotgan 280 nafar ishchi-xodim uchun bayram dasturxoni yozildi.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalar farzandlarining xatna to‘yi o‘tkazib berildi. Jumladan, Qo‘shtepa tayyorlov maskani xodimi Barnoxon Toshpo‘latovaning farzandi Yusufjonov Asrorbekning hatna to‘yi MChJ vakillari ishtirokida shodu hurramlik bilan o‘tkazildi.

"Bu yilgi Navro‘z bayramini esda qolarli tarzda o‘tkazishga harakat qildik. Ishchi-xodimlarning kayfiyati qancha yuqori bo‘lsa, mehnat samaradorligi shuncha baland bo‘ladi. Shu bois ular uchun qulayliklar yaratish yo‘lidagi ishlarni izchil davom ettiramiz", —  deydi MChJ rahbari Behzodbek O‘rmonov.

Mavzuga oid