Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichimlik mahsulotlarining iste'mol qadoqlariga ixtiyoriy depozit tizimi joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ichimlik mahsulotlarining iste'mol qadoqlariga ixtiyoriy depozit tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Ichimlik mahsulotlari iste'mol qadoqlarini xo‘jalik aylanmasiga jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish va ular chiqindilari hosil bo‘lish hajmlarini kamaytirish maqsad qilingan.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining O‘zbekistonda ichimlik mahsulotlarining iste'mol qadoqlariga ixtiyoriy depozit tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanadi.
Ichimlik mahsulotlarining iste'mol qadoqlariga depozit tizimini ixtiyoriy tatbiq etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi ichimlik mahsulotlarining iste'mol qadoqlariga depozit tizimini ixtiyoriy joriy etish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilanadi.
Belgilanishicha:
- ichimlik mahsulotlarining iste'mol qadoqlariga depozit tizimini ixtiyoriy tatbiq etish, tadbirkorlik sub'yekti tomonidan tashabbus qilinadigan depozit tizimini joriy etish loyihasi Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan ma'qullanganidan keyin amalga oshiriladi;
- ichimlik mahsulotini joylashtirish, himoyalash, yetkazib berish, saqlash, tashish va namoyish qilish uchun mo‘ljallangan, har qanday materialdan tayyorlangan, birlamchi (mahsulotga tegib turadigan) qadoq idish (tara) depozit tizimi obekti hisoblanadi;
- taraga depozit markirovkasini tushirish ichimlik mahsulotini bozorga dastlabki joylashtiruvchi (muomalaga chiqaruvchi) tadbirkorlik sub'yekti tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston hududida ichimlik mahsulotini muomalaga chiqaruvchi tadbirkorlik sub'yektlariga iste'mol qadoqlariga depozit tizimini tatbiq etish tavsiya etiladi.
Mavzuga oid
07:55 / 12.07.2024
“Tarkibida zaharli yoki zararli moddalar aniqlanmadi” – Sanepidqo‘mita kannabis ta’mli ichimlik sotilayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi
11:19 / 04.10.2023
MB AVO bank’ga kreditlash va depozit operatsiyalarini amalga oshirishni taqiqladi
16:59 / 17.08.2022
Maktablar atrofida gazlangan ichimliklar va tez tayyorlangan taomlar savdosi taqiqlanishi mumkin
08:24 / 03.08.2021