O‘zbekiston | 12:59 / 23.03.2021
2916
2 daqiqa o‘qiladi

Kosmik tadqiqotlar jamg‘armasi tashkil etiladi

Prezidentning “Iqtisodiyot tarmoqlarida kosmik texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Masofaviy zondlash ma'lumotlarini iqtisodiyot tarmoqlariga faol joriy etish, davlat organlari faoliyatini optimallashtirish, aerokosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish uchun shart–sharoitlar yaratish maqsad qilingan.

«O‘zbekkosmos» agentligi va Moliya vazirligining «O‘zbekkosmos» agentligining Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi asosiy manbalar hisobidan shakllantirilishi belgilanadi:

«Geoinnovatsiya markazi» DUK tomonidan uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatishdan olingan mablag‘larning 10 foizi;

«Geoinnovatsiya markazi» DUK tomonidan ma'muriy huquqbuzarliklar aniqlangani uchun olingan jarimalar miqdorining 20 foizi;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Belgilanishicha, jamg‘arma mablag‘lari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga, shuningdek, «O‘zbekkosmos» agentligi organlari tizimi xodimlarini rag‘batlantirish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga yo‘naltiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid