Jahon | 17:12 / 24.03.2021
9794
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat dumasi Putinga yana prezidentlikka nomzod bo‘lish huquqini beruvchi qonunni qabul qildi

Davlat dumasi Rossiya Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritmoqda.

Rossiya Davlat dumasi 24 mart kuni Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartishlarni qonunga moslovchi o‘zgarishlarni uchinchi o‘qishda qabul qildi. O‘zgarishlar, jumladan, amaldagi prezident Vladimir Putinga yana ikki bor prezidentlikka nomzodini ko‘rsata olish huquqini beradi.

Qonun loyihasiga binoan, prezidentlik lavozimini ikki martadan ko‘p egallash mumkin emas. Biroq bu «Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritilguniga qadar amalda bo‘lgan davlat rahbariga tatbiq etilmaydi».

Prezidentlik muddatlari haqidagi tashabbus mualliflari «Yedinaya Rossiya» partiyasi a'zolari Pavel Krasheninikov va Olga Savastyanova hamda senator Andrey Klishas bo‘lishdi. Putin 2020 yil dekabrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida 2024 yilda yana nomzodini qo‘yish-qo‘ymasligi haqida bir qarorga kelmaganini aytgandi.

Rossiya Federatsiyasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish kiritish

Rossiya Davlat dumasi Konstitutsiyaga  o‘zgartish kiritish haqidagi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildi. O‘zgartishlar Asosiy qonunning 22-moddasiga taalluqli bo‘lib, jumladan, Rossiya Federatsiyasi hukumatiga xalqaro tashkilotlarning qarorlarini bajarmaslik huquqini berish va davlat xizmatchilariga cheklovlarni ko‘paytirishni nazarda tutadi.

Rossiya markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish haqidagi referendumda saylovchilarning 77,92 foizi bu o‘zgarishni yoqlagan, 21,27 foizi qarshi ovoz bergan.

Mavzuga oid