O‘zbekiston | 09:12 / 24.03.2021
362
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryo viloyatining ikki tumanida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta'mirlash ishlari sabab Oltinsoyda 3 soat, Sherobod tumanida 2 soat gaz bo‘lmaydi.

Surxondaryo viloyatida gaz quvurlarida ta'mirlash ishlari olib boriladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu sababli joriy yilning 24 mart kuni soat 9:00dan 12:00gacha Oltinsoy tumanida, soat 10:00dan 12:00gacha Sherobod tumanidagi barcha aholi xonadonlari va ulgurji iste'molchilarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. 

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi. 

«Hududgaz Surxondaryo» gaz ta'minoti filiali ma'muriyati ta'mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid