Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda yosh tadbirkor tuman hokimi o‘rinbosariga 2 ming dollar berganini aytgan. Hokim bunga munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Baliqchi tumani hokimining o‘z o‘rinbosariga tanbeh bergani aks etgan video tarqaldi.
Videodan hokim Jasurbek Abdurayimov yoshlarga ajratilgan yerlar masalasida uchrashuv o‘tkazganini anglash mumkin.
"Siz kimdan 2 ming dollar talab qilasiz? Yozib berasan, u bola ham yozib bersin. Men seni 10 marta ogohlantirdim. Hammaning ichida ham, hammadan tashqarida ham ogohlantirdim. Sen 2 ming dollar olib bo‘lgan ekansan", – degan Abdurayimov o‘z o‘rinbosariga qarata.
"O‘lchayotganimizda 1 sotix yerni talashgani uchun chiqarib yubordim", – deya o‘zini oqlagan hokim o‘rinbosari.
Tuman hokimi masala bo‘yicha ikkala tomon: pora berganini aytgan yosh yigit va buni rad qilgan hokim o‘rinbosari tegishli tashkilotga murojaat qilishini ta'kidlagan.
Kun.uz'ga ma'lum bo‘lishicha, mazkur videoda tanbeh eshitgan mulozim – tuman hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sardor Komilov.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025