Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden 25 mart kuni ilk matbuot anjumanini o‘tkazadi
AQSh prezidenti Jo Bayden prezident sifatida ilk matbuot anjumanni o‘tkazadi. Uning matbuot vakillari bilan uchrashuvi prezidentligining 65-kuni bo‘lib o‘tadi. Odatda AQSh prezidentlari bunday matbuot anjumanni prezident lavozimini egallagandan keyin 40 kun ichida o‘tkazgan.
Jumladan, AQShning avvalgi prezidenti Donald Tramp birinchi matbuot anjumanini inauguratsiyasidan 27 kun, Barak Obama esa 20 kun o‘tib o‘tkazgan.
Baydenning bunday hayallashi ko‘plab jurnalistlar tomonidan savollar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Biroq Oq uy ma'muriyatida Bayden hozirda e'tiborini pandemiya oqibatlariga qarshi kurashga va vaksinaning aholi o‘rtasida taqsimlanishiga qaratganini, shu sababli matbuot bilan to‘laqonli suhbat ayni vaqtda uning uchun ustuvor vazifa hisoblanmasligini aytishgan.
Matbuot anjuman 25 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Bu oxirgi 100 yil ichida AQSh prezidentlari inauguratsiyasidan keyin eng uzoq kutilgan matbuot anjuman bo‘ladi.
Pandemiya sababli Oq uyning sharqiy zaliga faqatgina 30 jurnalist taklif qilingan. Bayden matbuot tomonidan pandemiya, migratsiya inqirozi va AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi masalalari ko‘tarilishini kutmoqda.
Oq uy matbuot kotibi Jyen Psakining ta'kidlashicha, Bayden jurnalistlar bilan uchrashuvni intiqlik bilan kutmoqda. Bu unga Amerika xalqi bilan gaplashish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ladi.
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi
09:57 / 19.05.2025
Tramp saraton kasalligi aniqlangan Baydenni qo‘llab-quvvatladi
08:24 / 19.05.2025