«Damas»dan «Damas»gacha bir necha soniya: Andijonning asosiy jamoat transporti haqida
Andijon shahrida eng ko‘p yo‘lovchi tashiydigan transport vositasi bu – «Damas» avtomobili. Shahar ichida «Damas»lar qatnaydigan yo‘nalishlarni yer usti metrosi ham deyishadi. Sababi, 222-, 66-, 75-yo‘nalishlarda taksi kutib qolmaysiz: deyarli har daqiqada navbatdagi «Damas» yetib keladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, viloyat markazida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan «Damas»lar soni 6 mingta atrofida ekan.
Shaharning «Damas»larga to‘la ko‘chalarini kezib, tasvirga oldik. Qizig‘i, 222-yo‘nalishdagi haydovchilardan biri ayol kishi ekan.
«33 yildan beri haydovchilik bilan shug‘ullanaman. 4 yildan beri «Siyovush gold trans» uyushmasida faoliyat ko‘rsataman, 22-yo‘nalishda. Odamlar taksi haydovchisi erkak kishi bo‘lishiga o‘rganib qolishgani uchun mening mashinamga chiqishganda hayron qolishadi.
O‘zim shu ishni yaxshi ko‘rganim uchun uyushmaga a'zo bo‘lib, o‘g‘lim bilan birga kira qilamiz. Yo‘lovchilar hech nolishmagan. Hammasi xursand bo‘lib, yuzida tabassum bilan tushib ketishadi», – deydi haydovchi Omadxon Otaboyeva.
Andijon shahridagi eng katta – Eski va Yangi shaharni bog‘lab turuvchi Navoiy shohko‘chasida «Damas» avtomobillari harakatlanishi taqiqlangan. Sababi, yo‘nalishdagi taksilarga ruxsat berilsa, ko‘chada tirbandliklar yuzaga keladi. Hozirda bu yo‘nalishdagi «Damas»lar chorguzar orqali qatnaydi.
Andijonga mehmon bo‘lib kelsangiz, taksi kutmang. Yo‘nalishdagi «Damas» manzilingizga o‘z vaqtida yetkazib boradi.
Elmurod Ermatov,
Jahongir Mahmudov
Mavzuga oid
22:05 / 23.11.2024
DXX raisining ishdan olinishi, Andijonda Boburga “hujum” va tugagan saylov - hafta dayjesti
22:45 / 19.11.2024
Madaniy meros agentligi Andijondagi Bobur haykalini ko‘chirish bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi
10:40 / 19.11.2024
Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi, ko‘ngilochar markazlar qurish rejalashtirilmoqda
21:10 / 18.11.2024