«Hokim o‘rinbosarlari «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturiga ajratilgan mablag‘ sarfi bo‘yicha mahalliy deputatlarga hisobot beradi» - Moliya vazirligi
AOKAda Moliya vazirligi vakillari ishtirokida «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, Moliya vazirligi departament direktori birinchi o‘rinbosari Bobir Xudoyberganov «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi bajarilishida shaffoflikni ta'minlash maqsadida hokim o‘rinbosarlari mahalliy deputatlarga har chorakda va zarur hollarda oy yakunida hisobot berib borishini ma'lum qildi.
«Ajratilayotgan mablag‘ yirik. Shu bois uning sarflanishida shaffoflikni ta'minlash ham asosiy masala hisoblanadi.
Bu yilgi «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarining oldingilaridan farqi — qaysi qishloq yoki mahallaning obodonlashtirish ishlari olib borilishi bevosita mahalliy kengashlar tomonidan belgilanadi.
Chunki deputatlar hududlardagi muammolarni yaxshi biladi. Qaysi muammoni qanday va qancha mablag‘ evaziga hal etishni ham ular yaxshi bilishadi. Shaffoflik shu tizim orqali shakllanadi.
Ushbu mablag‘lar sarflanishi bo‘yicha jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi. Hokim o‘rinbosarlari har oy va chorak yakuni bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar sarflanishi haqida hisobot berib boradi», dedi Bobir Xudoyberganov.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Mavzuga oid

13:08 / 10.05.2023
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga ovoz berish noyabr–dekabr oylarida o‘tkaziladi

17:06 / 04.05.2023
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtiriladi

16:43 / 21.02.2023
O‘zbekistonda xodimlarning 28 foizi 1 mln so‘mgacha maosh oladi

20:14 / 22.11.2022