O‘zbekiston | 12:27 / 25.03.2021
46773
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda avtomobillar uchun pulli yo‘llar narxi qancha bo‘lishi ma’lum qilindi
O‘zLiDeP press klubida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi vakili Toshkent - Andijon pullik yo‘lining narxi qancha bo‘lishini ma’lum qildi.
Toshkent — Andijon yo‘lida Qamchiq dovonida tezlik 60-70 km minimum etib belgilanadi. Shuningdek, yo‘lning qolgan qismida avtomobil 150 km tezlik bilan harakatlanishi mumkin bo‘ladi.
Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, yengil mashinalar uchun:
- Toshkent – Andijon — 5 AQSh dollari atrofida;
- Toshkent – Angren — 1,7 AQSh dollari atrofida;
- Toshkent – Qo‘qon — 1-2 AQSh dollari atrofida.
Yuk avtomobillari uchun narxlar qimmatroq bo‘ladi:
- Toshkent – Andijon — 20 AQSh dollar.
Avvalroq O‘zbekistonda dastlabki pullik yo‘llar 2023 yildan keyin qurilishi ma’lum qilingan edi.
Mavzuga oid
17:02
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024