O‘zbekiston | 14:17 / 25.03.2021
1460
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyalik tadbirkorlar Andijonda 6ta 16 qavatli, 8ta 12 qavatli uy quradi

Turkiyalik tadbirkorlar bilan hamkorlikda Andijon shahrida 6ta 16 qavatli, 8ta 12 qavatli, Asaka shahrida 2ta 16 qavatli uy-joy qurish rejalashtirilgan.

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Hindiston, Xitoy va Turkiya investorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Viloyat rahbari hindistonlik investorlar bilan Andijonda amalga oshiriladigan loyihalar xususida fikr almashdi. Viloyatda ingliz tilida ta'lim beruvchi zamonaviy maktab tashkil etish va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xitoyning “Xuaching development and investment” kompaniyasi rahbari Cheng Shin Fu boshchiligidagi delegatsiya bilan muloqot chog‘ida viloyat hududida gilos yetishtirish, mevani qayta ishlash va eksport qilish, Xo‘jaobod tumanida logistika markazi tashkil etish, Asaka tumanida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi loyihalar taqdim etildi.

Sh. Abdurahmonov Turkiyaning “Mezirhan” va “Endeks” kompaniyalarining rahbarlari Yusuf Kenen, Erkan Dag‘li hamda ularning Andijondagi hamkori Ulug‘bek Ahmedov bilan ham muzokaralar o‘tkazdi. Tadbirkorlarning qurilish sohasidagi loyihalari bilan tanishilib, ular yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Turkiyaning ushbu kompaniyalari tomonidan viloyat qurilish sohasiga 50 million dollar miqdorida investitsiya kiritilgan bo‘lib, ayni kunlarda turar joy binolarini bunyod etish ishlari boshlab yuborilgan. Turkiyalik tadbirkorlar bilan hamkorlikda Andijon shahrida 6ta 16 qavatli, 8ta 12 qavatli, Asaka shahrida 2ta 16 qavatli uy-joy qurish rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid