Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya tashqi ishlar vaziri «Sputnik V»ni targ‘ibot quroli deb atadi
Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini targ‘ibot quroli deb atadi.
«Sputnik V» vaksinasidan birdamlik tufayli tibbiy yordamdan ko‘ra targ‘ibot va agressiv diplomatiya uchun foydalanilmoqda»,— deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan AFP.
Avvalroq Fransiya TIV huzuridagi Yevropa ishlari bo‘yicha davlat kotibi Kleman Bon Fransiyada iyundan «Sputnik V» vaksinasidan foydalanish mumkinligi haqida aytgandi.
Bonning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya «Sputnik V»dan Yevropa dori vositalari agentligi ma'qullaganidan so‘ng foydalanishi mumkin. Agentlik vakilining aytishicha, Rossiya vaksinasi may oyidan avval ma'qullanmaydi.
YeI tarkibiga kiruvchi Vengriya va Slovakiya ushbu vaksinani o‘zlari mustaqil ravishda ma'qulladi.
«Sputnik V» hozirda 56 mamlakatda foydalanish uchun ma'qullangan.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025