Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pfizer yosh bolalarda koronavirusga qarshi vaksina sinovini o‘tkazishni boshladi
Klinik sinovlarning birinchi bosqichida 6 oylikdan 11 yoshgacha bo‘lgan 144 nafar bola qatnashadi.
Pfizer va BioNTech 12 yoshdan kichik bolalarda koronavirusga qarshi vaksinasi sinovini o‘tkazishni boshladi.
Xabar qilinishicha, klinik sinovlarning birinchi bosqichida 6 oylikdan 11 yoshgacha bo‘lgan 144 nafar bola qatnashadi. Sinovlarning barcha bosqichlarida esa AQSh va Yevropadan jami 4,5 ming nafar bola ishtirok etadi.
Klinik sinovlar natijalari yilning ikkinchi yarmida tayyor bo‘lishi mo‘ljallangan.
Avvalroq Moderna va AstraZeneca kompaniyalari bolalar hamda o‘smirlarda koronavirusga qarshi vaksina sinovlarini boshlagandi, yaqin kunlarda Johnson & Johnson kompaniyasi ham sinovlarni boshlashi kutilmoqda.
Pfizer 12-15 yoshli o‘smirlarda vaksina sinovini avvalroq boshlagan bo‘lib, sinovning dastlabki natijalari yaqin haftalarda taqdim etiladi.
Mavzuga oid
15:12 / 15.05.2025
Yevrokomissiya Pfizer bilan vaksinalar bo‘yicha yozishmalar ishida yutqazdi
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
23:23 / 14.04.2025
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
16:00 / 04.02.2025