Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchko‘prikda 535 ta oila uchun umumiy ishlab chiqarish va savdo kompleksi barpo etiladi
Xayrullo Bozorov Uchko‘prik tumanida bo‘lib, “Boboshbek” MFYda barpo etiladigan yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish kompleksidan o‘rin olishi rejalashtirilayotgan oilaviy ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi.
Ma'lum qilinishicha, uy sharoitida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarayotgan 535 ta oilani birlashtiradigan ushbu umumiy ishlab chiqarish va savdo kompleksi 13,6 gektar yer maydonida qad rostlaydi.
Tumanning “Boboshbek” MFYda 252 ta, “Bekmurod” MFYda 57 ta, “Zig‘ir” MFYda 114 ta, “Paloxon” MFYda 52 ta, “Yakkamulla” MFYda 60 ta xonadonda fuqarolar tomonidan yengil sanoat mahsulotlari (tikuvchilik va trikotaj) ishlab chiqarilayotgan bo‘lib, mazkur tadbirkorlik sub'yektlarida 3287 ta aholi vakillari mehnat qilmoqda.
13,6 gektar yer maydonda kompleks ishga tushgudek bo‘lsa, qo‘shimcha 7580 ta ish o‘rni yaratilishi ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
17:22 / 02.05.2025
Prezident «Urganch klaster»ning yangi korxonalari faoliyati bilan tanishdi
18:11 / 12.12.2024
Mato ishlab chiqarish va bo‘yash korxonalari qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi
10:33 / 25.09.2024
Farg‘onada poyezd ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan o‘quvchilarni tok urdi
10:11 / 06.03.2024