O‘zbekiston | 17:39 / 27.03.2021
1703
1 daqiqa o‘qiladi

3ta korxona Andijonda alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kasbga o‘qitib beradi

Andijon viloyatida alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta'minlash orqali, ularning jamiyatga faol integratsiyalashuviga ko‘maklashish maqsadida Andijon viloyati xalq ta'limi boshqarmasi, Xo‘jaobod tumani hokimligi va qator ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida memorandum imzolandi.

Imzolangan memorandumga ko‘ra tumandagi zaif eshituvchi bolalar maktab-internati, 17-sonli kar bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati va 4-sonli aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati Xo‘jaobod tumanidagi uchta yirik tekstil korxonalariga biriktirildi.

Endilikda alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar mas'uliyati cheklangan jamiyat mutaxassislari tomonidan kasb-hunar sirlariga o‘rgatiladi. O‘quvchilarga egallagan kasb-hunar sirlarini mas'uliyati cheklangan jamiyatda amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari beriladi.

O‘quvchilar kasb-hunar sirlarini egallash bilan bir qatorda, kelgusida mazkur korxonalarda mehnat qilishlariga ham sharoitlar yaratiladi.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid