Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beruniydagi 10 mingga yaqin aholiga xizmat qiladigan masjid qurilishiga hissa qo‘shing
Allohning yer yuzidagi uyi hisoblangan masjidlar qurilishi bilan tanishish maqsadida bu safar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumaniga tashrif buyurdik.
Beruniy tumani Shobboz mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan, 200 namozxonga mo‘ljallangan «Darvesh eshon bobo» jome masjidining hozirgi binosi ancha eskirib, mahalliy jamoatni ham sig‘dirolmay qolgandi. 500 namozxonga mo‘ljallab barpo etilayotgan yangi masjid Shobboz mahallasi va yaqin atrofdagi 10 mingga yaqin aholiga xizmat qiladi.

Masjid faollaridan Abdurahim Hoji Aminjon Eshon o‘g‘lining aytishicha, tuman hokimligi va homiylar ko‘magi bilan masjidning devorlari ko‘tarilib shu holga keltirilgan.
Ayni vaqtda masjidning tashqi fasad qismiga oq marmar toshlar, bruschatkalar yetishmay turibdi. Shuningdek, masjidning 4 ta eshigiga homiy topilgan. Asosiy kirishdagi katta darvozaga esa homiy kerak.

«Albatta, Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni to‘kis ado etganlar, zakotni berganlar va Allohdan boshqadan qo‘rqmaganlargina obod qiladilar. Ajab emaski, ana o‘shalar hidoyat topguvchilardan bo‘lsalar».

Tavba surasi, 18-oyat.
Aziz yurtdoshlar! Bugun qilgan har bir savob amalimiz oxiratimizga zamindir. Siz azizlarni ham ushbu xayrli ishlarga chorlab qolamiz. Alloh taolo qilgan ehsonlaringizning savoblarini ko‘paytirib bersin.
Xayrli ishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lganlar uchun:
IKROM RADJAPOV nomiga ochilgan kartalar
Uzcard: 8600 0904 6892 3097
Humo: 9860 0301 6085 6990
Agro bankda «Darvesh eshon bobo» jome masjidi uchun ochilgan hisobraqam: 20212000100422752001
IIN: 201860104
Tel: +998913040236
Masjid Imom noibi: Ne'matullo qori
+998973536322
Mavzuga oid
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi
15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi
13:54 / 31.01.2025