Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqida iyundan emlanganlik haqidagi sertifikat joriy qilinadi
15 iyundan Yevropa ittifoqining 27ta davlati fuqarolari uchun umumiy salomatlik sertifikati joriy qilinadi. Ushbu hujjatda koronavirusga qarshi emlanganlik haqidagi axborot saqlanadi.
Emlash bo‘yicha yevrokomissar Terri Bretonning LCI telekanaliga bergan intervyusiga ko‘ra, sertifikatni smartfonga yuklash yoki qog‘oz shaklida chiqarib olish mumkin bo‘ladi.
“U majburiy emas, biroq aviakompaniyalar uni talab qilishi mumkin”, deb qo‘shimcha qilgan Breton.
Ta'kidlanishicha, QR-kodga ega hujjatda uning egasi ismi-sharifi, tug‘ilgan sanasi, pasport raqami, emlanganligi va bunda qaysi vaksina qo‘llangani, koronavirus bilan kasallangani yoki yo‘qligi haqidagi ma'lumot saqlanadi.
Ushbu hujjatni olishni istovchilar uni o‘z davlatlarida so‘rashlari kerak bo‘ladi. Bretonga ko‘ra, hujjatni joriy qilishdan maqsad “Yevropa ittifoqida harakatlanishni tiklash, odamlarning normal hayot tarziga qaytishi va o‘zi hamda o‘zgalar uchun xavfsiz harakatlana olishi” hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:01 / 22.05.2025
Tibbiyot menejerligi bo‘yicha sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ustamalar to‘lanadi
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
12:51 / 17.04.2025
«Yashil energiya» sertifikatlarini berish tartibi o‘zgartirildi
11:27 / 08.03.2025