Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon shahri va Oltinko‘l tumanining ba'zi hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi
2021 yil 29 mart kuni “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining “Bog‘ishamol” gaz tarqatish shoxobchasi 2-tarmog‘ining chiqish qismida ta'mirlash ishlari olib boriladi. Bu haqda “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shunga ko‘ra, Andijon shahrining “Yoyilma” (1-son), “Sog‘lom avlod” (2-son), “Iqbol”, “O‘rikzor” (3-son), “Barkamol” (4-son), “Qoratut” (5-son), “A.Bakirov”, “H.Ahmedov”, “Yangi hayot”, “Bog‘ishamol”, “Chorvador”, “Oxunboboyev”, “Pistamozor” hamda “O‘zbegim” MFYlar o‘ramidagi aholi xonadonlari va ulgurji iste'molchilar uchun 2021 yil 29 mart kuni soat 09:00 dan 16:00 ga qadar gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Shuningdek, “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining “Oltiko‘l” gaz tarqatish shoxobchasi 1- va 2-tarmoqlarida ta'mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shunga ko‘ra, Oltinko‘l tumanining “Markaz”, “Saroy”, “Ittifoq”, “Namuna”, “Oftobachek”, “Madiyarchek”, “Qoraqalpoq”, “Xonbog‘i”, “Katta Oqtepa”, “Oqtepa”, “Bo‘ston”, “Jiyanbek”, “Ganjiravon”, hamda “Mathoshim” MFYlar o‘ramidagi aholi xonadonlari va ulgurji iste'molchilar uchun 2021 yil 29 mart kuni soat 09:00 dan 16:00 ga qadar gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi
15:20 / 01.05.2025