Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 13 nafar shaxsni 18 100 dollarga chuv tushirgan firibgarlar qo‘lga olindi
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi ikki nafar shaxs o‘zaro til biriktirib, oliy ta'lim muassasasiga kirish istagida bo‘lgan 13 nafar shaxsni aldab, ularning 18 100 AQSh dollari pulini o‘zlashtirib yuborgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, G‘uzor tumani «Sovbog‘» MFYda yashovchi P.M. va «Buyuk karvon yo‘li» MFYda yashovchi X.N. o‘zaro til biriktirib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal'a tumani «Sarabiy» MFYda yashovchi A.A. va oliy ma'lumotga ega bo‘lishni istagan jami 13 nafar shaxsning ishonchiga kirib, ularni chuv tushirgan.
Jumladan, Qarshi inforkommunikatsiya nodavlat institutiga o‘qishga qabul qilish, hamda oliy ma'lumotga ega bo‘lishgani haqida diplom berishni va'da qilib, ulardan aldov yo‘li bilan 18 100 dollar pullarni olgan. So‘ng o‘zlarining jinoiy ishlarini yashirish maqsadida ularga qalbaki diplom va talabalik guvohnomalarini tayyorlab bergan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi ochilgan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
10:44 / 08.05.2025
Telegramʼda akkauntlar sotilishini reklama qilib, fuqarolarning pulini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025