Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda viloyat Endokrinologiya dispanseriga yangi gemodializ apparatlari o‘rnatildi
Farg‘onada ikkita tibbiyot muassasasi — viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda Endokrinologiya dispanseriga 15 ta yangi gemodializ apparati o‘rnatildi. Ushbu muassasalarda gemodializ bo‘limlari tashkil etildi.
Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, endilikda viloyatdagi surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan og‘rigan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning gemodializ xizmatiga bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi. Yangi apparatlarni sotib olish uchun viloyat mahalliy budjetidan 2 mlrd 300 mln so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan. Tibbiy apparatlar Germaniya davlatidan olib kelingan.
Ta'kidlanishicha, Farg‘ona shahridagi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qoshida 10 ta hamda viloyat Endokrinologiya dispanseri qoshida 5 ta gemodializ apparatga mo‘ljallangan “Ekstrakorporal detoksikatsiya” (gemodializ) bo‘limlari ham tashkil etilgan. Uskunalarni o‘rnatishga Turkiya va Rossiyaning texnik mutaxassislari jalb qilingan.
Ma'lumot uchun, bugunga qadar viloyatda 22 ta gemodializ apparati bo‘lgan. Dispanser nazoratida turgan 120 nafar bemor mavjud.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025