Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birgina Jondor tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i 1 milliard so‘mdan ortiq noqonuniy xarajatlarga yo‘l qo‘ygan - prezident
1 aprel kuni tibbiyot mavzusida navbatdagi selektor bo‘lib o‘tdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev sohadagi korrupsiya haqida to‘xtaldi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Sohada haligacha korrupsiya illatiga barham berilmayapti. Birgina Onkologiya markazining Toshkent shahar filialida 828 million so‘m, Toshkent pediatriya instituti klinikasi mansabdorlari 423 million so‘m mablag‘larni o‘zlashtirib yuborgan.
Shuningdek, Jondor tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i 1 milliard so‘mdan ortiq noqonuniy sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ygan.
Bunday misollarni har bir viloyat, tuman va shahar kesimida ko‘plab keltirish mumkin.
Shuning uchun, sohada qonun ustuvor va jazo muqarrarligini ta'minlash bo‘yicha bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Valiyev ta'sirchan nazorat tizimini o‘rnatishga mas'ul bo‘ladi.
[Hisob palatasi raisining 1-o‘rinbosari] Turobov, [Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi] Shorahmetov ikki oy muddatda ajratilayotgan mablag‘lar joylarga manzilli yetib borishi, dori-darmon, tibbiyot uskunalari ochiq-oshkora sotib olinishi, taqsimlanishi, pullik xizmatlardan tushumlar maqsadli ishlatilishini ta'minlaydigan mexanizmlarni joriy qilishi zarur.
Valiyevga topshiriq, albatta, tibbiyot tizimida korrupsiyani hozircha butunlay yo‘q qilib bo‘lmaydi. Lekin kamaytirish, profilaktikasi bo‘yicha takliflar bering.
Chunki tibbiyotga ajratilgan pullar bu xalqning puli», – dedi prezident.
Mavzuga oid
19:45 / 06.02.2024
Elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi
19:10 / 22.01.2024
Prezidentga sportdagi natijalar va rejalar bo‘yicha axborot berildi
19:05 / 22.01.2024
«Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi» tashkil etiladi
09:47 / 19.01.2024