Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Maskning tvitidan so‘ng amerikaliklar Texasdan uy sotib olishga tushishdi
Mask mart oyi boshlarida Texasda yangi shahar qurmoqchi ekanini ma'lum qilgandi.
Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Maskning tvitidan so‘ng amerikaliklar Texas shtatidan uy sotib ola boshladi. U obunachilarni kelajakda quriladigan Starbeyz shahri yaqiniga ko‘chib o‘tishga chaqirgandi.
Mask tvitini 30 mart kuni e'lon qildi.
«Marhamat qilib, Texasdagi Starbeyz yoki kattaroq joylar —Braunsvill shahriga yoxud Saus Padre Aylend oroliga ko‘chib o‘tinglar va do‘stlaringizni shu tarzda ilhomlantiring! SpaceX kompaniyasining muhandislar, texniklar, quruvchi va boshqa xodimlarga bo‘lgan talabi tez o‘smoqda», — deb yozdi u.
Uning bu xabaridan so‘ng ko‘chmas mulk agentlari uy sotib olish bo‘yicha so‘rovlar keskin oshganini sezishdi. Riyeltorlarning so‘zlariga ko‘ra, butun mamlakatdan qo‘ng‘iroqlar bo‘lmoqda.
Ilon Mask mart oyi boshlarida Texasda yangi shahar qurmoqchi ekanini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani sababi ma’lum bo‘ldi
18:44 / 22.05.2025