Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya oliy sudi niqob taqish rejimini bekor qilish to‘g‘risidagi jamoaviy da'voni rad etdi
Sudga turli regionlardan qariyb 1500 kishi murojaat qilgan.
Rossiya oliy sudi jamoat joylarida niqob taqish talabi bekor qilinishi so‘ralgan jamoaviy da'voni rad etdi.
Sudga turli regionlardan qariyb 1500 kishi murojaat qilgan. Qayd etilishicha, da'voda «Mijozlarni himoya qilish ligasi» jamoatchilik tashkiloti qatnashgan.
Da'vogarlar vakili Aleksandr Saverskiyning so‘zlariga ko‘ra, niqob astmadan aziyat chekadigan odamlarning sog‘ligiga zarar yetkazadi, qulog‘i eshitmaydiganlar lab harakati orqali boshqalarni tushunishadi va ular bu imkoniyatdan mahrum bo‘lishgan.
Saverskiy niqob taqish rejimini «salomatlik huquqi boshqa huquqlarni poymol qiladigan tibbiy diktatura» deb atadi. Da'vogarlar shuningdek, qo‘lqop taqish, ijtimoiy masofaga rioya qilish va antiseptiklardan foydalanish talablarining ham bekor qilinishini so‘rashgan, ammo oliy sud da'voni rad etgan.
Rospotrebnadzor va bosh prokuratura bu da'voga qarshi chiqqan. Rospotrebnadzor vakilining so‘zlariga ko‘ra, niqob taqish talabi bosh sanitar vrach vakolatlariga muvofiq keladi va rossiyaliklarning huquqlarini buzmaydi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025