Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganchda qurilish mutaxassislarini tayyorlash markazi ish boshladi
Urganch shahrida qurilish sohasi bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi o‘z faoliyatini boshladi.
Prezidentning “Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy davlatga ketayotgan shaxslarni va band bo‘lmagan aholini o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan barpo etilgan markazda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan qurilish sohasi mutaxassislari tayyorlanadi.

Markaz uchun ajratilgan bino 3,6 mlrd so‘m mablag‘ga ta'mirlandi, shuningdek 1 mlrd so‘m mablag‘ hisobiga o‘quv ustaxonalari, 300 o‘rinli yotoqxona, zamonaviy oshxona mebeli va amaliy mashg‘ulotlar uchun zarur vositalar bilan jihozlandi.

Markazning ochilish marosimida viloyat hokimi Farhod Ermanov, sohaga oid tashkilot rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etishdi.

