Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Viloyat hokimi o‘tadi deyishsa, militsiya keladi-yu xalqni tozalaydi» - ishtixonlik yigit Turdimovga holatni shunday tushuntirdi
31 mart kuni Samarqand shahrida «Hokim, vazir va yoshlar uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.
Muloqotda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov yoshlarning muammo va takliflarini eshitdi. Xususan, ishtixonlik Sardorbek Mitan shaharchasida yo‘llar holati yaxshi emasligi, piyodalar yo‘lagi va svetofor yo‘qligi muammo tug‘dirayotganini aytdi.
«Siz o‘tasiz, viloyat hokimi o‘tadi deyishsa, militsiya keladi-yu xalqni «tozalaydi». Shuning uchun sizga ham murojaat kiritgandik, lekin muammo yechilmay qolyapti», – deya holatni tushuntirdi u.
Hokim Sardorbekning shikoyatiga javoban u bilan birga Mitan shahri ko‘chalarini borib ko‘rmoqchi ekanini aytdi.
«Ukajon, Mitanga men o‘zim boraman. Nozir Aliyevich [viloyat hokimi yordamchisi] mas'ul bo‘ladi. Uzog‘i bilan bir hafta-o‘n kun ichida Mitanga boraman, joyida birga yuramiz: hokimni chaqiramiz, yo‘lchini chaqiramiz, suvchini chaqiramiz, boshqa [mas'ul] odamlarni chaqiramiz; o‘sha yerda yurib, to‘g‘rilaymiz. Ikkimiz ko‘raylik qani, kuchimiz yetguncha harakat qilaylik», – dedi Turdimov.
Hokim, shuningdek, bu kabi uchrashuvlarda mas'ullarga berilayotgan topshiriqlar ijrosida ko‘zbo‘yamachilik holatlari bo‘layotganini aytdi.
«Yaqinda ham bo‘ldi, «bajarildi» deb yozdirib, qo‘l qo‘ydirib olgan. Keyin esa murojaatchi yozyapti: «Meni aldab, qo‘l qo‘ydirib olgandi, amalda esa bajarilmadi».
Muammo hal etilmasa, «bajarildi» degan hech narsaga qo‘l qo‘ymang. Biz shu yerning o‘zida yo bo‘ladi, yo bo‘lmaydi deb ochiq aytamiz. Masala sudga taalluqli bo‘lsagina «ko‘rib chiqamiz» deyishimiz mumkin. Masala yechilishi kerak, agar yechilmagan bo‘lsa, hech narsa yozib bermang», – ta'kidladi Samarqand viloyati hokimi.
Hokimlik axborotiga ko‘ra, uchrashuvda yoshlardan 66 ta murojaat va takliflar bildirildi, hokim mas'ullardan ko‘tarilgan masalalar ijrosini uzog‘i bilan bir hafta-o‘n kun ichida ta'minlashni so‘radi.
Tadbirda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi Rustambek Qurbonov, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Yahyojon Abdulhaqov, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Xolmatov, Xalq banki boshqaruv raisi o‘rinbosari Oltiboy Sharopov ham qatnashdi va o‘zlari rahbarlik qilayotgan tizimga oid murojaatlarga munosabat bildirdi.
Mavzuga oid
14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan
12:20 / 05.05.2025
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi
10:20 / 05.05.2025
Nurobodda qariyb 17 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalgani aniqlandi
13:52 / 09.03.2025