Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralarda qatnashishi ma'lum qilindi
Yadroviy kelishuv bo‘yicha qo‘shma komissiyaning navbatdagi uchrashuvi 6 aprel kuni Venada o‘tkaziladi.
Vashington Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Venada bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda qatnashadi, ammo AQSh va Eron delegatsiyalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlar o‘tkazilmaydi.
“Hozircha biror narsa haqida gapirishga hali erta va biz tezkor siljishni kutmayapmiz, chunki oldinda bizni qiyin muzokaralar kutmoqda. Lekin buni oldinga tashlangan yaxshi qadam deb hisoblaymiz”, – dedi davlat departamenti vakili Ned Prays.
CNN telekanalining xabariga ko‘ra, AQSh va Eron vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri uchrashuv o‘tkazilmaydi, biroq Vashington delegatsiyasi kelishuvning boshqa ishtirokchi mamlakatlari vakillari bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.
Eron yadroviy kelishuvi bo‘yicha qo‘shma komissiyaning navbatdagi uchrashuvi 6 aprel kuni Venada o‘tkaziladi, deb xabar berdi “Al-Jazira” telekanali jurnalisti Ali Hoshim.
“Bugun Eron va kelishuvning boshqa a'zolari – Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya, Germaniya hamda Xitoy uchrashuvidan so‘ng tomonlar seshanba kuni Venada uchrashishga kelishib oldi”, – deb yozdi u tvitterida.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025