Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navbahorliklar hashar yo‘li bilan qishloqqa bog‘cha quradigan bo‘ldi
Bog‘dod tumani markazidan 15 kilometr uzoqliqda joylashgan Navbahor qishlog‘i aholisi hashar yo‘li bilan bog‘cha qurmoqchi.
Bog‘dod tumanidagi Navbahor qishlog‘ining tashkil topganiga 45 yil bo‘ldi. Ushbu hududda bolalar bog‘chasi mavjud emas. Navbahorliklar qishloqdagi bo‘sh yer maydonida bolalar bog‘chasini o‘z mehnatlari bilan bunyod etmoqchi.
Tuman hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, qishloq ahlining mazkur tashabbusi tuman hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Bog‘dod tumani hokimi Vosiljon Nazarov mahalliy aholi bilan uchrashib, qurilish uchun tanlangan maydonni ko‘zdan kechirgan.
Fuqarolar talabini ma'qullagan hokim tanlangan maydonda 120 o‘rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti binosi qurilishini, hozirda zarur hujjatlar rasmiylashtirilayotgani va loyihalash ishlari boshlanganini ma'lum qilgan.
Ta'kidlanishicha, quriladigan bog‘cha binosini to‘liq jihozlash va yozgi ayvonchalar barpo etish uchun mahalliy budjetdan ham mablag‘ ajratiladi.
Mavzuga oid
11:32 / 28.02.2025
“Ishni bosdi-bosdi qilishyapti” – tarbiyalanuvchilari kaltaklangan bog‘cha egasi amaldorning qarindoshi ekani aytilmoqda
16:46 / 25.02.2025
Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi bolani stulga skotchlab qo‘ydi
08:00 / 25.02.2025
226 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan bog‘cha aniqlandi
12:11 / 17.02.2025