Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda muqaddam 3 marta sudlangan shaxs yana firibgarlik jinoyati ustida ushlandi
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida muqaddam uch marta firibgarlik va pora berish jinoyatlarini sodir etib sudlangan shaxs yana firibgarlik jinoyati ustida ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan viloyat IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, I.M. fuqaro X.ni 2 000 dollar evaziga Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi tizimiga tanishlari orqali ishga joylashtirib qo‘yishga ishontirib, 1 500 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Surishtiruvlarda mazkur shaxs avval ham firibgarlik va pora berish kabi jinoyatlari uchun 3 marta sudlangani ma'lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025