Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tomorqa xo‘jaliklarini hisobga olish reyestrida talab etiladigan ma'lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi
«Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan tomorqa xo‘jaliklarini hisobga olish reyestri ro‘yxati belgilab berilgan.
Tomorqa xo‘jaliklari hisobi shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan tomorqa xo‘jaligini yuritish uchun foydalanadigan shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda taqdim etiladigan ma'lumotlar asosida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tomorqa xo‘jaliklarini hisobga olish reyestrini shakllantirish orqali yuritiladi.
Tomorqa xo‘jaliklarini hisobga olish reyestrida quyidagi axborot aks ettiriladi:
- shaxsiy tomorqa yer uchastkasi egasining, shuningdek, u bilan birga yashovchi yoki tomorqa xo‘jaligini yuritishni birgalikda amalga oshiruvchi boshqa shaxslarning familiyasi, ismi, otasi ismi, tug‘ilgan sanasi;
- shaxsiy tomorqa yer uchastkasining don ekinlari, mevali va manzarali daraxtlar ekilgan, shuningdek, boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladigan (qayta ishlanadigan) maydoni;
- qishloq xo‘jaligi hayvonlari, asalarilar, parrandalar va ipak qurti qutilari soni;
- qishloq xo‘jaligi texnikasi, uskunalari, transport vositalari soni to‘g‘risidagi axborot.
Tomorqa xo‘jaliklarini hisobga olish reyestrida aks ettirilgan ma'lumotlardan qonunchilikda belgilangan tartibda tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirishga doir asosiy ko‘rsatkichlarni shakllantirish va amalga oshirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida foydalaniladi.
Mavzuga oid
17:00 / 12.03.2025
Tomorqa – rizq va daromad manbai
15:31 / 02.04.2021
Tomorqa xo‘jaligi egalari o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomini olishi mumkin
11:13 / 01.02.2020
Mahallalar eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtiriladi
10:10 / 27.03.2018