Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch oyda qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani ma'lum bo‘ldi
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani bo‘yicha ma'lumotlar e'lon qilindi. Uch oyda O‘zbekiston hududlari bo‘yicha eng ko‘p nikoh holatlari Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelgan (6 723ta).
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-mart oylari holatiga respublika bo‘yicha 59 754ta nikoh holati qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10 243taga ko‘p.
Hududlar kesimida tuzilgan nikohlar soni quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4 178ta;
- Andijon – 4 434ta;
- Buxoro – 3 894ta;
- Jizzax – 2 388ta;
- Qashqadaryo – 5 223ta;
- Navoiy – 1 528ta;
- Namangan – 4 190ta;
- Samarqand – 6 723ta;
- Surxondaryo – 4 893ta;
- Sirdaryo – 1 536ta;
- Toshkent – 5 459ta;
- Farg‘ona – 5 900ta;
- Xorazm – 4691ta;
- Toshkent shahri – 4 717ta.
Bundan oldin, 2020 yilda qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025