Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazm viloyati tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi bo‘yicha «qoniqarli» hudud deb topildi
«Business Indicator» avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi ma'lumotlariga ko‘ra, Xorazm viloyati tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi bo‘yicha respublikada 10-o‘rinni egallab turibdi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yizom asosida hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati 5,1 ball to‘pladi.
Respublika bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga Toshkent shahri (7,8 ball), Namangan viloyati (6,2 ball) va Navoiy viloyati (6,2 ball) erishdi. Eng past ko‘rsatkich Samarqand viloyati (4,6 ball), Qashqadaryo viloyati (4,5 ball) va Surxondaryo viloyatida (4,5 ball) qayd etildi.
Hududlarda indikatorlarni baholash natijalariga muvofiq tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi reytingi bo‘yicha:
- 9 balldan 10 ballgacha bo‘lgan hudud — «namunali»;
- 7 balldan 9 ballgacha bo‘lgan hudud — «yaxshi»;
- 5 balldan 7 ballgacha bo‘lgan hudud — «qoniqarli»;
- 5 ballgacha bo‘lgan hudud — «qoniqarsiz» deb topiladi.
Xorazm viloyati quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etgan:
- 10,0 - Tadbirkorlarning kredit xarajatlari bo‘yicha kompensatsiyalar;
- 9,0 - Tadbirkorlik sub'yektlarining mulk huquqi daxlsizligining ta'minlanganlik ko‘rsatkichi;
- 8,3 - Majburiyatlarning bajarilishi bilan bog‘liq nizolar;
- 7,5 - Tadbirkorlik sub'yektlarining iqtisodiy madaniyati;
- 6,6 - Tadbirkorlar hisobvaraqlariga taqiq qo‘yilgani;
- 6,3 - Tadbirkorlar tomonidan aholini ish bilan ta'minlash;
- 6,0 - Tadbirkorlar uchun tashkillashtirilgan o‘quv-seminarlar;
Quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha past natijalarni qayd etgan:
- 5,2 - Tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlar;
- 4,7 - Tadbirkorlik sub'yektlarining yashovchanligi;
- 3,5 - Bo‘sh turgan bino-inshootlar va uchastkalarni tadbirkorlik faoliyati uchun ajratilganlik holati;
- 2,6 - Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridan samarali foydalanish darajasi;
- 1,9 - Tadbirkorlik sub'yektlariga kreditlar ajratilishi holati;
- 1,8 - Tadbirkorlarning asosiy kapital qo‘yilmalari
- 1,5 - Tadbirkorlikning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi;
- 1,5 - Tadbirkorlarning davlat budjet tushumlaridagi ulushi;
- 1,0 - Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, jumladan litsenziya va ruxsatnomalar berishda qonun hujjatlariga rioya qilinishi holati;
- 1,0 - Tadbirkorlik faoliyatini tekshirish va taftish qilish
Indikatorlarni hisoblashda rasmiy statistik va o‘tkazilgan so‘rovlar bo‘yicha ma'lumotlardan foydalanilgan.
Mavzuga oid
12:33 / 02.05.2025
«Bunda xorijiy turist u yoqda tursin, mahalliy sayyoh ham boshqa davlatga borishni afzal ko‘radi» - prezident chiptalar narxi haqida
15:41 / 01.05.2025
Prezident Al-Xorazmiy shaharchasining qurilishini ko‘zdan kechirdi
20:24 / 02.04.2025
Xorazmda pulini ko‘paytirib berishni aytib, mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi
16:38 / 18.03.2025