O‘zbekiston | 10:29 / 03.04.2021
4142
2 daqiqa o‘qiladi

8 mingga yaqin qishloq va mahallada qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi 

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi

Qarorga muvofiq, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasidagi qishloqlar ro‘yxati quyidagi mezonlar asosida shakllantiriladi:

  • olis va iqlimi og‘ir hududdaligi;
  • Xalq qabulxonalari va hokimliklarga yo‘l, kommunikatsiya tarmog‘i va ijtimoiy soha bo‘yicha yo‘llangan murojaatlar soni;
  • aholi va tadbirkorlarda o‘z hududini obodonlashtirish tashabbusining mavjudligi;
  • “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i”, “Turizm ovuli” maqomiga ega ekanligi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yilda jami 7 794ta qishloq va mahallada 20,8 trln so‘mlik qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi parametrlar tasdiqlandi.

Dasturlar doirasida, jumladan: 

  • 10 114,4 km ichki yo‘llar quriladi va ta'mirlanadi;
  • 765 km piyoda yo‘laklari quriladi;
  • 615ta bog‘cha, 1 030ta maktab, 376ta tibbiyot muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
  • 710ta mahalla binosi, 114ta mahalla guzari, 27ta madaniyat markazlari quriladi va ta'mirlanadi;
  • 345ta avtobekatlar qurilib, ta'mirlanadi, 104ta yangi jamoat transporti yo‘nalishlari tashkil etiladi;
  • 1 867ta sport maydonchasi, 490ta bolalar maydonchasi, 43,5 km uzunlikdagi velosiped yo‘laklari barpo etiladi;
  • 45 376ta yakka tartibdagi uy-joylar, 1 323ta ko‘p kvartirali uy-joylar ta'mirlanadi, shuningdek 6 500ta yakka tartibdagi uy-joylar quriladi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid