Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada amaldorlar yoshlar bilan uchrashdi. Bozorov yil oxirigacha yoshlar muammolari bo‘yicha katta o‘zgarishlar bo‘lishini aytdi
Farg‘ona shahridagi «Tadbirkorlar uyi»da viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va respublika darajasidagi bir necha amaldorlar viloyat yoshlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda viloyatning turli hududlaridan 250 dan ziyod yoshlar qatnashdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Eng ko‘p murojaatlar subsidiya, tadbirkorlik uchun yer ajratish, kredit olish, tadbirkorlik qilish uchun bino-inshootlardan imtiyozli foydalanishga ruxsat berish, oliy o‘quv yurtiga kirish imtiyozlari va kontrakt to‘lovi masalalarida bo‘ldi.
Hokimga yuzlangan murojaatchi yoshlardan biri, o‘quv yurtlarini tamomlagan yoshlarga ish yo‘qligi, ko‘plab murojaatlar esa qog‘ozda qolib ketayotgani, muammolarni hal qilish xo‘jako‘rsinga qilinayotganidan shikoyat qildi.

Murojaatchi Quva tumani misolida ishsizlik tumanning eng asosiy og‘riqli nuqtasi ekaniga to‘xtaldi. Bunga javoban Xayrullo Bozorov murojaatga daxldor tegishli mutasaddilardan izoh oldi va bunday masalalarga ko‘z yumib bo‘lmasligini ta'kidladi.
Yosh tadbirkor, FarDUning psixologiya fakulteti talabasi Dostonbek Obidov Farg‘ona shahri va Toshloq tumanidagi o‘quv markazlarida bugungi kunda ehtiyojmand oila farzandlari bepul o‘qitilayotgani, joy muammosi sabab ta'lim maskani faoliyati to‘siqlarga uchrayotganini aytib o‘tdi.

Xayrullo Bozorov mas'ullarga tushgan murojaatlarni o‘rganib chiqib, ijobiy hal qilishga topshiriq berdi.
Tadbir so‘ngida viloyat hokimi, bundan buyon muammolarni hal qilish uchun joylarda ham uchrashuvlarni tashkil qilinishi, yil yakunigacha yoshlar muammolari bo‘yicha katta o‘zgarishlar bo‘lishi, viloyatda ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratilishini aytdi.

Uchrashuvda adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikromov, Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Farhodjon Toshpo‘latov, Davlat test markazi direktori Malik Karimov va Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Akmal Jumaboyev ham qatnashdi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
15:52 / 15.05.2025
O‘zbekistonda “Harvardchilar maktabi” ochiladi
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025