Jamiyat | 14:27 / 03.04.2021
3788
1 daqiqa o‘qiladi

QQDUda kengash kotibi ta'magirlik harakatlari uchun vazifasidan ozod qilindi

Qoraqalpoq davlat universitetida ilmiy darajalar beruvchi ixtisoslashtirilgan kengashlardan birining ilmiy kotibi Yu.T. o‘z lavozimini suiiste'mol qilganligi uchun vazifasidan ozod qilindi.  

Universitet matbuot xizmatining Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, joriy yilning 1 aprel kuni universitet huzurida faoliyat olib borayotgan ilmiy darajalar beruvchi ixtisoslashgan kengash yig‘ilishi o‘tkazilgan. 

Unda ilmiy darajalar beruvchi ixtisoslashtirilgan kengashlardan birining ilmiy kotibi Yu.T. ishi ko‘rib chiqilgan. 

Aniqlanishicha, Yu.T. dissertantlardan Toshkentga borib kelishi uchun yo‘lkira, ovqatlanish va mehmonxona uchun pul so‘ragan. Ushbu holatning oldi olinib, kengash kotibi vazifasidan ozod qilingan.

Majlis yakunida yaqinda himoya qilgan 30 nafar fan doktori, falsafa doktori darajalari diplomlari, shuningdek, katta ilmiy xodim va dotsentlik attestatlari o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Mavzuga oid