Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh dunyo mamlakatlarini biznes uchun yagona minimal soliq joriy etishga chaqiradi
G7 mamlakatlarida o‘rtacha korporativ soliq miqdori 24 foizni, Yevroittifoqda 21,47 foizni, Rossiyada 20 foizni tashkil etadi.
AQSh moliya vaziri Janet Yyellen seshanba kuni dunyo mamlakatlarini korporativ soliqlarning minimal global chegarasini joriy etishga chaqiradi, deb yozadi Axios.
Nashrning xabar berishicha, AQSh «soliq stavkalarini pasaytirish poygasini to‘xtatish uchun» G20 mamlakatlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Yyellenning so‘zlariga ko‘ra, raqobat nafaqat AQShda ro‘yxatga olingan kompaniyalarning boshqalar bilan qarama-qarshiligida bo‘lishi, balki hukumatlar yetarlicha mablag‘ga ega bo‘lishi va uni jamiyat farovonligiga sarflashi uchun mustahkam soliq tizimi bilan ta'minlanishi lozim.
Agarda AQSh boshqa mamlakatlarni minimal global korporativ soliq kiritishga ko‘ndira olsa, kompaniyalarning bu mamlakatdan ofshorlarga ko‘chib o‘tishi kamayadi, deb yozadi Axios. AQSh prezidenti Jo Baydenning korporativ soliq miqdorini 21 foizdan 28 foizga oshirish rejasi hisobga olinsa, bu muhim masala hisoblanadi. Soliqlar Baydenning 2,25 trln dollarlik Amerikani qutqarish rejasini moliyalashtirish uchun oshirilmoqda.
2017 yilgacha soliq miqdori 35 foiz edi, ammo avvalgi prezident Donald Tramp uni 14 foizga kamaytirgandi.
G7 mamlakatlarida o‘rtacha korporativ soliq miqdori 24 foizni, Yevroittifoqda 21,47 foizni, Rossiyada 20 foizni tashkil etadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025