Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jorj Soros Baydenning rejalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 20 million dollar ajratadi
Tashkilot demokratik partiyaning boshqa donorlari ham ushbu tashabbusga qo‘shilishini va yakunda 100 million dollar to‘plashni ko‘zlamoqda.
Milliarder Jorj Sorosning «Ochiq jamiyat» fondlari AQSh prezidenti Jo Bayden taklif qilgan islohotlar va ijtimoiy dasturlarni qo‘llab-quvvatlaydigan faollar uchun 20 million dollar ajratadi. Bu haqda Axios nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, tashkilot shu tarzda demokratik partiyaning boshqa donorlari ham ushbu tashabbusga qo‘shilishini va yakunda 100 million dollar to‘plashni ko‘zlamoqda.
Shu bilan birga, fondlar vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Baydenning siyosati aholining katta qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda, ammo baribir qo‘shimcha moliyalashtirilishga ehtiyoj sezmoqda.
Jorj Sorosni xalqaro va ayrim davlatlarning ichki siyosatiga aralashishda ayblab kelishadi. AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning advokati Rudolf Juliani Soros AQShning Ukrainadagi to‘rtta elchisi tayinlanishiga ta'sir ko‘rsatganligini aytgan.
Mavzuga oid
19:04 / 13.06.2023
Jorj Soros o‘z biznes imperiyasini boshqarishni o‘g‘liga topshirdi
21:50 / 24.05.2023
«O‘lib-tirilgan» Jorj Soros. Mashhur va ziddiyatli milliarder, «buzg‘unchi», «rangli inqilob homiysi»
23:01 / 23.01.2023
Forbes Amerikaning eng saxovatli milliarderlari reytingini taqdim qildi
10:32 / 13.02.2019