O‘zbekiston | 16:13 / 05.04.2021
2570
1 daqiqa o‘qiladi

Mahkumlar qonun bilan taqiqlanmagan buyumlarni elektron do‘konlar orqali sotib olishi mumkin bo‘ladi

“Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. 

Foto: lakeridgenewsonline

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, 2021–2023 yillar davomida jazoni ijro etish tizimini raqamlashtirish orqali sohada inson omilini istisno etish va jazo o‘tashning tartibotini ta'minlash maqsad qilingan.

Bunda:

  • jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida qat'iy intizom va qonuniylikni ta'minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, shuningdek, mahkumlarni saqlash holati ustidan nazorat olib borish jarayonlari to‘liq avtomatlashtiriladi;
  • jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar, shu jumladan ularning qarindoshlari tomonidan qonun bilan taqiqlanmagan buyumlarni erkin bozor mexanizmlariga asoslangan elektron do‘konlar orqali sotib olish imkoniyati yaratiladi;
  • har bir mahkumning xulq-atvori va shaxsi haqidagi ma'lumotlar elektron bazasi yuritiladi va uning asosida mahkumlarni taqsimlash jarayoni to‘liq raqamlashtiriladi. 

Bundan oldin, qamoqxonalar xodimlari ham bodikamera bilan ta'minlanishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid